4- mashq. Qavs ichida berilgan fe'llarni zarur nisbat shaklida yozib, matnni toʻldiring. Eng toʻyimli taom Non eng to‘yimli, foydali taomdir. Har kuni nonushtaga non (kel- moq). Oʻzbek dasturxoniga, avvalo, non (qo'ymoq). Non novvoylar tomonidan tandirlarda (yopmoq). Tandirdan chiqqan issiq nonning hi- didan ishtahangiz (ochmoq). Yurtimizdagi turli viloyatlarda o'nlab turdagi nonlar (tayyorlamoq). Toshkent patirlari, Samarqand nonlari, Namanganning qatlama nonlari, obinon, kulchanon, shirmoy nonlar, hatto chet ellik mehmonlar tomonidan ham sevib (xarid qilmoq). Non faqat taom emas, insonlar tomonidan (yaratmoq) mo'jiza hamdir. Shu- ning uchun bizda non juda (e'zozlamoq), uning uvogʻi ham yerga (tushirmoq). Uzoq safarga ketayotgan yigitlarga rizqi oʻz uyida qolsin, deb non (tishlatmoq). Keksalar yoshlarni „Nondek aziz boʻling“, ,,Uyingiz bug'doyga to'lsin", deb (duo qilmoq).
Keltiriladi
qo'yiladi
yopiladi
ochiladi
tayyorlanadi
xarid qilinadi
yaratiladi
e'zozlanadi
tushirilmaydi
tishlatiladi
dou qilinadi