В
Все
М
Математика
А
Английский язык
Х
Химия
Э
Экономика
П
Право
И
Информатика
У
Українська мова
Қ
Қазақ тiлi
О
ОБЖ
Н
Немецкий язык
Б
Беларуская мова
У
Українська література
М
Музыка
П
Психология
А
Алгебра
Л
Литература
Б
Биология
М
МХК
О
Окружающий мир
О
Обществознание
И
История
Г
Геометрия
Ф
Французский язык
Ф
Физика
Д
Другие предметы
Р
Русский язык
Г
География

Римнинг боскинчилик урушлари

Показать ответ
Ответ:
MashaJummy
MashaJummy
13.10.2020 06:18

Объяснение:

Rim, Qadimgi Rim — qad. davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga akauka Romul va Rem tomonidan miloddan avvalgi 754/753 yilda asos solingan. Rivoyatlarda 8 — 6-asrlarda hukmronlik kilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi oʻrnatilgan (miloddan avvalgi 510/509 yil). Miloddan avvalgi 3-asr oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan R. yirik davlatga aylangan. U Oʻrta dengiz havzasida gegemon boʻlishga intilgan, bu R.ni Karfagen bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. Puni urushlaritsan soʻng miloddan avvalgi 146 yil Karfagen ustidan gʻalaba qozongan R., Oʻrta dengiz havzasining eng yirik davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va qulchilikning rivojlanishi dehqonlar ommasini xonavayron boʻlishiga, qishloq kambagʻallari, qullar qoʻzgʻolonining avj olishiga (Spartak qoʻzgʻoloni) sabab boʻlgan; Rim shahri koʻchalarida fuqarolar urushi boshlanib ketish xavfi tugʻilgan. R.ning ijtimoiy-siyosiy hayotida miloddan avvalgi 1-asrda armiya va uning yoʻlboshchilari (L. K. Sulla, G. Mariy, G. Pompei va boshqalar) katta rol oʻynay boshlaganlar. 49—45 yillardagi fuqarolar urushi davrida Sezar davlatning mutlaq hukmdoriga aylangan; 44 yil respublika tarafdorlarining fitnasi natijasida Sezar oʻldirilgan. Fuqarolar urushining yangi davri Oktavian gʻalabasi bilan tugagan. U miloddan avvalgi 27 yil senatdan Avgust unvonini olgan. Avgust hukmronligi davridan boshlab R. imperiyaga aylangan. Milodiy 2-asrda Trayan davrida imperiya sarhadlari oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Bosib olingan yerlarda mahalliy aholining qoʻzgʻolonlari, ayni vaqtda varvarlarning mamlakat xududiga bostirib kirishlari bir qancha provinsiyalarni mustaqil boʻlib ajralib chiqishiga va imperiyani Sharqiy va Gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketishiga (395) olib kelgan. 476 yil german yollanma askarlari sardori Odoakr Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan agʻdargan. Sharqiy Rim imperiyasi Vizantiya nomi bilan yana 1000 yilga yaqin mavjud boʻlgan.

0,0(0 оценок)
Популярные вопросы: Другие предметы
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?
Спроси ai-бота