В
Все
М
Математика
А
Английский язык
Х
Химия
Э
Экономика
П
Право
И
Информатика
У
Українська мова
Қ
Қазақ тiлi
О
ОБЖ
Н
Немецкий язык
Б
Беларуская мова
У
Українська література
М
Музыка
П
Психология
А
Алгебра
Л
Литература
Б
Биология
М
МХК
О
Окружающий мир
О
Обществознание
И
История
Г
Геометрия
Ф
Французский язык
Ф
Физика
Д
Другие предметы
Р
Русский язык
Г
География
anuar0403
anuar0403
19.04.2020 07:07 •  Другие предметы

SAVOLLARGA JAVOB BERING. Insonning Vatani qayerda bo‘ladi?
Vatanparvarlik deganda nimani tushunasiz?
Vatanga sadoqat nimalarda aks etadi?
Berilgan matnlarni o‘qing. Vatanparvarlik tushunchasini To‘maris, Shiroq, Spitamen qahramonlari timsolida ifodalang.
TO‘MARIS
Eng qadimgi zamonlarda Araks (Amudaryo) yoqalarida boshqa qabilalar qatori massagetlar ham yashar edi. Ularga marhum podshoning bevasi - malika To‘maris boshchilik qilar edi. Tabiati go‘zal bu yurtga va uning xalqiga egalik qilmoqchi bo‘lgan Eron shohi Kir (Kayxusrav) malika To‘marisga uylanmoqchi bo‘ladi. To‘maris uning asl maqsadini fahmlab, taklifni rad etadi. Kir esa massagetlar yurtiga qo‘shin tortib keladi. Malika To‘maris uni mudhish niyatidan qaytarishga urinadi. Kirning o‘z fikridan qaytmasligini bilgan To‘maris uning o‘z qo‘shinlari bilan daryodan massagetlar yurtiga o‘tishiga imkon beradi.
To‘maris o‘z yurtdoshlari bilan daryodan uch kunlik yo‘lga borib turadi. Kirning qo‘shini massagetlar yurtiga o‘tib olgach, urush tadbirlarini ko‘radi. Kir hiyla ishlatib, To‘marisning o‘g‘li Sparganisni yigitlari bilan asir qilib oladi. Hiyla bilan asir tushganligini fahmlagan Sparganis uyatdan o‘limni afzal ko‘rib, o‘zini o‘ldiradi. Bu voqeadan xabar topgan To‘maris Kirning qo‘shini bilan urushga chiqadi.
Malika To‘maris bosqinchi Kirga qarshi jangga borar ekan: “Sening qonga tashnaligingni qondiraman”, deb ont ichadi. Malika To‘maris qo‘shini bilan Kir jangchilari o‘rtasida dahshatli to‘qnashuv bo‘ladi. Jangda o‘z yurti, o‘z ozodligi uchun o‘limdan ham qaytmaydigan massagetlar g‘olib chiqadi. Eron shohi Kir o‘ldiriladi. Uning jangchilari qurol-aslahalarini tashlab qochadilar. O‘z qasamiga sodiq malika To‘maris esa ayovsiz jangda o‘ldirilgan bosqinchi Kirning boshini kestirib, qon bilan to‘ldirilgan meshga soldiradi. O‘z yurtini, xalqini sevgan, uning ozodligi uchun erkaklar kabi janglarda qatnashgan malika To‘marisdek mard xotin-qizlar bu yurtda ko‘plab o‘tishgan. Shuning uchun ham xalq ularning qahramonliklari haqida qo‘shiqlar, dostonlar, rivoyatlar to‘qigan.

Показать ответ
Ответ:
kotletka223
kotletka223
29.03.2021 21:46

1-Insonning  Vatani  qayerda  bo'ladi?

O'zi  yashab  turgan joy, insonning  o'zini  Vatani  bo'ladi.

2-Vatanparvarlik  deganda  nimani  tushunasiz?

Insonning  o'zini  Vataniga  bo'lgan  sevgisi,  sadoqati,  muhabbati  Vatanparvarlik  hisoblanadi.

3-Vatanga  sadoqat  nimalarda  aks  etadi?

Vatanining  boshiga  qiyin  kunlar  kelganda, unga  yordam  kerak  bo'lganda,  tashlab  ketmasdan  mardonavor  turib  berganda  Vatanga  sadoqat  aks  etadi.

4-Berilgan   matnlarni  o'qing. Vatanparvarlik  tushunchasini  To'maris, Shiroq, Spitamen  qahramonlari  timsolida  ifodalang.

Ularning  Vataniga   bo'lgan  muhabbati  shunchalik  kuchli  ediki,  hatto  o'zlarining  jonini  Vatan  uchun  fido  ham  qilaolardilar, ular  Vatan  uchun  xizmat  qildilar,  bunday  Vatanparvarlik  tushunchasini  hamma  bilishini  hohlagan  bo'lar edim.

Объяснение:

0,0(0 оценок)
Ответ:
tashkaostrovska
tashkaostrovska
29.03.2021 21:46

ответ: Инсонни Ватани тугилиб усган жойи булади. Ватанпарварлик - кишиларнинг она юртига мухаббати ва садокатини ифодалайдиган тушунча. Ватанпарвар — ўз ватани камолоти йўлида, ўз халқига муҳаббати туфайли эзгуликлари тугул, жонини ҳам аямайдиган инсондир, халққа ва ватани озодлиги, фаровонлиги учун ўзини қурбон қилувчи инсондир. Малика Тумарис хам аёл киши булишига карамай, уз халкини, юртини севгани учун жонини тикиб эркаклар каби жангларда катнашган. Малика Тумариснинг бу харакатлари ватанпарварлик ва уз ватанига содиклигидан далолатдир!

Объяснение:

0,0(0 оценок)
Популярные вопросы: Другие предметы
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?
Спроси ai-бота