В
Все
М
Математика
А
Английский язык
Х
Химия
Э
Экономика
П
Право
И
Информатика
У
Українська мова
Қ
Қазақ тiлi
О
ОБЖ
Н
Немецкий язык
Б
Беларуская мова
У
Українська література
М
Музыка
П
Психология
А
Алгебра
Л
Литература
Б
Биология
М
МХК
О
Окружающий мир
О
Обществознание
И
История
Г
Геометрия
Ф
Французский язык
Ф
Физика
Д
Другие предметы
Р
Русский язык
Г
География

составить кросворд по теме: Требование техники безопасности с электро и газовым оборудованием.
10 во охрана труда)

Показать ответ
Ответ:
fox2055
fox2055
10.11.2022 16:43

.

Maqolalardan birida «Muzey pedagogikasi» tushunchasi tilga olindi. Jurnalxonlarimizdan mazkur tushuncha ustida kengroq to‘xtalish taklifi tushdi. Bu yil ham an’anamizga sodiq qolgan holda ana shu muzey materiallari asosida maqolalar berib borishni maqsad qildik. Yangi yildagi dastlabki maqolamiz aynan «Muzey pedagogikasi» mavzusiga bag‘ishlanadi.

Manbalarda «Muzey pedagogikasi» tushunchasi ilk bor XX asr boshlarida, Germaniyada yuzaga kelganligi va shakllanganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Mazkur tushuncha hayotga joriy etilishida A. Lixtvark, A. Reyxven hamda R. Frotsdental kabi olim va amaliyotchilar nomi tilga olingan. Muzeylarning qulay tarbiyaviy va ta’limiy muhitiga alohida e’tibor qaratilib, «muzey pedagogikasi» tushunchasiga ilmiy jihatdan yanada keng yondashilgan.

Keyinchalik jahon bo‘ylab ta’lim-tarbiya sohasida muzey pedagogikasi yo‘nalishiga alohida e’tibor berila boshlandi, ko‘plab mamlakatlarda bolalar muzeylari tashkil etildi. Muzey pedagogikasi tushunchasi pedagog-olimlar tomonidan qo‘llanilib, mazkur sohada ko‘plab namunali tadbirlar amalga oshirila boshlandi. «Muzey pedagogikasi» tushunchasiga bir qator pedagog-olimlar ta’rif berganlar. Bu borada jumladan, yuqorida tilga olingan Germaniyalik olimlar o‘z fikrlarini bayon etganlar.

Mamlakatimizda muzeylarga ma’naviyat va ma’rifat ulashuvchi, ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatga molik maskan sifatida yondashiladi. Muzeylarning tashkil etilishi, ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, maqsad va vazifalari olimlarimiz tomonidan ilmiy asosda o‘rganiladi. Shu maqsadda muzeyshunoslikda bir qator izlanishlar amalga oshirilgan. 2013-yilda «Akademnashr» nashriyotida chop etilgan «O‘zbekiston muzeylari istiqboli» risolasi aynan shular jumlasidandir.

Mazkur risolada O‘zbekiston Davlat tarixi muzeyi direktori J. Ismoilovaning «Muzey pedagogikasi: tarixi, buguni va istiqboli» nomli maqolasi berilgan. Maqolada muzey pedagogikasi nima va u nima uchun kerak savoliga javob berish bilan birga, mazkur tushunchaga keng ta’rif berilgan. Jumladan, «Muzey pedagogikasi pedagogika, psixo-logiya va muzeyshunoslikning o‘zaro uyg‘unligi natijasida shakllangan fan yo‘nalishi hisoblanadi».

J. Ismoilovning fikrlaridan kelib chiqib, aytish mumkinki, muzey pedagogikasi — bu muzey muhiti sharoitlarida o‘tmish tajribalari, tarixiy, ma’rifiy, madaniy qadriyatlarni pedagogik jarayon orqali kelajak avlodga etkazishdan iborat. Muzey yosh avlod tarbiyasi jarayoniga munosib hissa qo‘shuvchi ko‘makchi maskandir. Muzey pedagogikasi yo‘nalishida asosan muzeyning ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi ko‘zda tutiladi.

Mazkur yo‘nalishning keng ommalashuvining sababi muzeylarga tashrif buyuruvchilarni yanada jalb etish, turli noan’anaviy ta’lim-tarbiya metodlaridan foydalanib, yosh avlodda mamlakatimiz tarixini o‘rganishlarida va ularning ta’lim-tarbiya olish jarayonlarida o‘z hissasini qo‘shishdan iborat. Bunda ekskursovod va pedagoglar ol-diga quyidagi faoliyat maqsadlari qo‘yiladi:

• muzey va uning jamlanmalari orqali o‘tmish qadriyatlariga tashrif buyuruvchilarda qiziqish uyg‘otish;

• yoshlarda muzey yodgorliklariga ehtiyotkorona, hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularni mamlakatimiz tarixi, madaniyatining bir qismi sifatida anglash tuyg‘ularini shakllantirish, tashkil etilgan muzey-pedagogik dasturlari asosida umumiy mavzu va pedagogik maqsadga oid tadbirlarni kiritishdan iborat.

«Muzey pedagogikasi» tushunchasi o‘z mazmun-mohiyatida quyidagi funksiyalarni amalga oshirishini ifoda etadi:

• Axborot berish — muzey, avvalo, tashrif buyuruvchiga qaysidir sohada axborot beradi.

• Ta’lim berish — muzey o‘zida jamlangan materiallar vositasida tashrif buyuruvchilarning bilim doirasini kengaytirishda muhim o‘rin tutadi, bundan tashqari, muzeydagi kommunikatsiya jarayonida tashrif buyuruvchilar muzey sohasida ayrim malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Muzey boshqa ta’lim muassasalarida olingan bilimlarga qo‘shimcha bilim olish imkoniga ega maskandir.

• Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish — muzey ayrim sohalarda tashrif buyuruvchining ma’naviy madaniyatini shakllantirish, uning shaxsiy ijodiy xislatlarini ochishga ijobiy ta’sir etuvchi maskandir. Muzeyda shaxsni ijodiy jarayonlarga undovchi alohida sharoitlar mavjud. Eng muhimi uning ta’sirchan «ilhom baxsh etuvchi» imkoniyatga egaligi, o‘tmish qadriyatlar, an’ana va urf-odatlar aks etganligidir.

• Muloqotchanlikni shakllantirish — muzey mavzusiga oid mavzularda qiziqishlar bo‘yicha turli tadbirlarning tashkil etilishi jarayonida o‘smir-yoshlar faol muloqotga chorlanadi. Muzey taqdim etadigan muzey-axborotlari muloqotchanlikka qulay imkoniyat yaratadi, bunda mazmunli, qiziqarli, norasmiy shaxsiy muloqot yuzaga keladi. Muloqot uchrashuv, seminar, viktorina va boshqa tadbirlar shaklida o‘tkazilishi mumkin.

at.

Объяснение:

0,0(0 оценок)
Ответ:
bissimbayevaa
bissimbayevaa
10.11.2022 16:43

  3-topshiriq

1-Siz  shahringizdagi  qanday  muzeylarni bilasiz?

Men   shahrimdagi    Temuriylar  davlat  tarix  muzeyini,  O'zbekiston  davlat  tarix  muzeyini,  Alisher  Navoiy  nomidagi   adabiyot  muzeyini,  Geologiya  muzeyini,  Amir  Temur  muzeyini, Ashrafiy  muzeyini  bilaman.

2- Jahonga  mashhur  qaysi  muzeylar  haqida eshitgansiz?

Jahonga  mashhur muzeylar: Luvr  muzeyi, Milliy  galereya  muzeyi, Vatikan  muzeyi ,  Tate Modern  muzeylarini  eshitganman.

3-Qaysi  mashhur  shahslarni  uy  muzeylari bor?

Tamarahonim  uy  muzeyi, Abdulla  Qahhor  uy  muzeyi,  Oybek  memorial  uy  muzeyi kabi  uy  muzeylarni  eshitganman.

4-Qanday shaharlar muzey  shaharlar  hisoblanadi?

Juda ko'p  tarixiy  obidalar bilan  yoki  tarixiy  buyumlari  ko'p  bo'lgan , hamda  katta  bo'lgan  muzeylar  muzey  shaharlar  hisoblanadi.

                                                7-mashq.

      Shoira , Matluba  va  men- uchchalamiz bir  sinfda  o'qiymiz. Bizning  sinfimizga  Alisher  Navoiyga  bag'ishlangan  tadbir  o'tkazish  topshirildi. Tadbirni  o'tkazish  rejasini  tuzish  uchun   sinf  rahbarimiz,  guruh sardori  va  guruh  yetakchisi   uchtamiz  yig'ildik. Tadbirda  Dilshoda  va Zebo-  ikkalasi boshlovchilik qilishdi.

Объяснение:

0,0(0 оценок)
Популярные вопросы: Другие предметы
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?
Спроси ai-бота