В
Все
М
Математика
А
Английский язык
Х
Химия
Э
Экономика
П
Право
И
Информатика
У
Українська мова
Қ
Қазақ тiлi
О
ОБЖ
Н
Немецкий язык
Б
Беларуская мова
У
Українська література
М
Музыка
П
Психология
А
Алгебра
Л
Литература
Б
Биология
М
МХК
О
Окружающий мир
О
Обществознание
И
История
Г
Геометрия
Ф
Французский язык
Ф
Физика
Д
Другие предметы
Р
Русский язык
Г
География
KarinaCorso
KarinaCorso
14.05.2021 11:32 •  Математика

Написать сочинение на узбекском языке , тема milliy urf odatlarimiz

Показать ответ
Ответ:
JICNX
JICNX
08.10.2020 05:52
Milliy urf-odatlarO`zbek xalqi qadim o`tmishdan bugungi kungacha o`zining boy tarixi, ma’naviy qadriyatlari, milliy urf-odatlariga ega bo`lib, zamonlar osha uni o`z qalbi va ma’naviyatida saqlab kelib avloddan-avlodga meros qilib qoldirib kelmoqda. Unda millatning orzu-umidlari, u yashayotgan tabiiy geografik, ijtimoiy muhit, xalq istidodi, malakasi, qobliyati, etnik xususiyat hamda belgilari o`z ifodasini topgan.       Jamiyatning muhim bo`g`ini hisoblangan oila munosabatlari nikohdan boshlangan. Nikoh-yangi oila vujudga kelganligi jamiyat tomonidan e’tirof etiladigan shar’iy, qonuniy holatdir.        Oilani, avvalo ota boshqaradi, oila oldidagi burchi va vazifasi mas’ulligi sababli, otaning mavqei oilada yuqori turadi. Oila boshlig`i undagi ichki intizomni saqlashi, odob-axloq mezonlariga amal qilishni nazorat qilishi, iqtisodiy-moliyaviy ta’minot vazifalarini bajarishi zarur bo`lib hisoblanadi. O`zbek oilasining tarbiyaviy tomonlaridan yana bir muhim jihati shundaki, unda otaning shariat tartiblari yoki milliy urf-odatlarga muvofiq ayollarning insoniy huquqlarini kamsitmasligi, hurmatini o`rniga qo`yishi, ularga mehribon va xushmuomala munosabatda bo`lishi, farzandlarning bilim olishi, kasb-hunar egalari bo`lishini ta’minlashi, sog`lom o`sishlari uchun mumkun bo`lgan sharoitlarni yaratishlari axloq qoidasi sifatida shakillangan.         Fasillar bilan bog`liq urf-odatlarlar va bayramlarlarni bir-biridan qo`yidagicha ajratish mumkin.
1. Qishki mavsumda o`tkaziladigan gap-gashtak va ziyofatlar.2. Bahorgi tantanali marosimlar, ya’ni Navro`z, shox moylar qo`sh chiqarish, lola yoki qizil gul sayli, loy tutish va boshqalar.3. Kuzgi marosimlar-hosil yig`imi’ shamol chaqirish va uzum sayli kabi marosimlar.Har bir fasilda o`tadigan urf-odat va marosimlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan. Xalqimizda Navro`z bayrami alohida ko`tarinki va jozibadorlik, tantanavorlik hamda mehr-oqibatlilik mazmuni ufurib turgan holatda o`tgan.Sharq mutafakkirlarining, jumladan Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom ilmiy ijodiy meroslarida Navro`z ilk bahorning kirib kelishi, dehqonchilik bayrami sifatida ta’riflanadi. Navro`z ham xalq ham davlat bayramidir. Bayramga bag`ishlab turli sport tadbirlari, karnay-so`rnaylar, dorbozlik, aytishuvlar, ashula va raqs tadbirlari ko`tarinki ruhda o`tkaziladi. Har bir xonadon turli xil pishiriqlar, taomlar pishirganlar eng asosiysi Navro`zning shox taomi sumalak katta dosh qozonlarda tayyorlanib, butun mahalla ahliga ulashiladi.Xulosa qilib aytganda, xalqimizning tarix sinovlaridan o`tgan bayramlari marosimlari, urf-odatlari xalqimizning ajoyib fazilatlari, milliy xususiyatlari, qadriyatga aylangan xalqchilik ruhi bilan sug`orilgan jihatlarini, halollik, poklik, mehnatsevarlik xuslatlarini namoyon etadi. Xalqning o`ziga xos milliy, ruhiy ko`rinishlarining barchasi xalq bayramlarida o`z ifodasini topadi.
0,0(0 оценок)
Популярные вопросы: Математика
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?
Спроси ai-бота